Toshkentda 20 ming dollarni o‘g‘irlagan erkak 15 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin
![Toshkentda 20 ming dollarni o‘g‘irlagan erkak 15 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin](http://static.xabar.uz/crop/3/1/720_460_95_3149518165.png)
Toshkent shahrining Sergeli tumanida o‘g‘rilik sodir etgan shaxs ushlandi. Bu haqda poytaxt IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1 yanvar kuni jabrlanuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Uning aytishicha, noma’lum shaxs uning xonadoniga kirgan. Uydan 20 ming AQSh dollari, 8 million so‘mdan ortiq pul va zargarlik buyumlari yo‘qolgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari dalillarni o‘rganib, gumondorning oldiga borishdi, u tez orada qo‘lga olindi. Xodimlar pul va boshqa aksessuarlarni olib qo‘yishgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Erkak 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter