Toshkentda 38 yoshli erkak ko‘cha yuzida jon berdi
Kecha, 6 dekabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi «Mirzo Ulug‘bek» metro bekati yaqinida erkakning jasadi topildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda video tarqaldi. Prokuratura sodir bo‘lgan voqea tafsilotlarini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, marhum Jizzax viloyatida 1985 yilda tug‘ilgan. Mutaxassislarning dastlabki xulosalariga ko‘ra, o‘lim gemorragik pankreatik nekroz, yurak va qon tomirlari yetishmovchiligi, miya va o‘pka shishi tufayli sodir bo‘lgan. Shuningdek, marhumga surunkali ishemik kasallik tashxisi qo‘yilgan.
Hozirda Toshkent shahar Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter