Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda aholini tashiydigan «osma taksi»lar yo‘lga qo‘yiladi (foto)

Toshkentda aholini tashiydigan «osma taksi»lar yo‘lga qo‘yiladi (foto)

Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzakov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyning Shenchjen shahrida «Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd» kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda xitoy kompaniyasining MDH davlatlari bilan ishlash bo‘yicha direktori Bey Kyu korxona ayni paytda Shveysariya sifatining fundamental tamoyillari asosida shahar mobilligini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha ish olib borayotganini ma’lum qildi.

O‘z navbatida, Sh.Umurzakov ham Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar, jumladan, «yashil» jamoat transportini rivojlantirish dasturlari haqida gapirib berdi.

Bey Kyu hamkorlikdan manfaatdor ekanligini va Toshkent tomonining ushbu yo‘nalishdagi barcha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha «Toshkent invest kompaniyasi» AJ va «Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd» kompaniyasi o‘rtasida investitsiya shartnomasi imzolandi.

Mazkur shartnomada nazarda tutilgan loyiha yer usti transportini kanatli taksilar bilan dublyor takrorlashga qaratilgan bo‘lib, jamoatchilikka oldindan taqdim etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, jamoatchilikning taklif va tavsiyalari xitoy kompaniyasi loyiha ofisiga yuboriladi. Kompaniya, o‘z navbatida, uning xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshirilishini va operatsion boshqaruvini ta’minlaydi.

Ma’lumot uchun, Xitoyning ushbu kompaniyasi Shveysariyaning «Bartholet Maschinenbau AG» kompaniyasi bilan bigalikda qo‘shma korxona bo‘lib, kanat yo‘llari, istirohat bog‘lari, mashinasozlik va yoritish uskunalari sohasida jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring