Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qimmatbaho «Audi» ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda qimmatbaho «Audi» ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 7 sentyabr kuni taxminan soat 10:20 larda poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi Kattaqani ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.

IIBB xabariga ko‘ra, 1974 yilda tug‘ilgan S.N. boshqaruvidagi «Audi» rusumli avtomobil va 1953 yilda tug‘ilgan U.S. boshqaruvidagi «Nexia-1» rusumli avtomobil o‘zaro to‘qnashgan. YTH sabablari aniqlashtirilmoqda.

To‘qnashuv natijasida «Nexia-1» rusumli avtomobil haydovchisi tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring