Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda daraxt kesuvchilar ushlandi. Zarar miqdori — 163 million so‘m

Toshkentda daraxt kesuvchilar ushlandi. Zarar miqdori — 163 million so‘m

Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga 4 iyul kuni Yunusoboddagi daraxtlar noqonuniy kesilayotganligi xaqida tezkor xabar yetib keldi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabar bu kabi vaziyatlar uchun maxsus yaratilgan @EcoControl_bot telegram boti orqali yetkazildi. Tezkor surishtirish ishlari natijasida haqiqatdan ham Yunusobod tumani, 4-mavze, «Billur» mahallasida diametri 51sm dan 78 sm gacha bo‘lgan 11 ta daraxt noqonuniy kesilganligi aniqlandi.

Daraxtlar kesilishi «METIN KOMMUNAL SERVIS» MChJ tomonidan amalga oshirilgan. Tabiatga keltirilgan zarar jami 163,663,929 so‘m deb baholandi.

Ushbu holat bo‘yicha tuman Ekologiya inspeksiyasi tomonidan rasmiylashtirilgan barcha hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

Siz daraxtlarning noqonuniy kesilish jarayoniga guvoh bo‘lsangiz, @EcoControl_bot telegramm botiga xabar qiling.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring