Toshkentda issiq suv va issiqlik ta’minoti narxi oshdi
 
                                                            Toshkentda issiq suv va issiqlik ta’minotining yangi tariflari e’lon qilindi. Bu haqda hokim Shavkat Umrzoqovning 2025-yil 27-oktyabrdagi qarorida aytiladi.
Narxlar avvalgiga nisbatan 15 foizga oshgan.
Markazlashgan issiqlik ta’minoti yangi narxlari:
- bazaviy tarif QQSsiz 711 641 so‘m/Gkal;
- aholi uchun QQSsiz 139 860 so‘m/Gkal;
- budjet tashkilotlariga QQSsiz 952 797 so‘m/Gkal;
- boshqa ulgurji xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarga QQSsiz 342 296 so‘m/Gkal.
Narxlar rasmiy e’lon kundan kuchga kirishi aytilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter