Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda issiqlik va issiq suv tariflari 15 foizga oshiriladi

Toshkentda issiqlik va issiq suv tariflari 15 foizga oshiriladi

Toshkent shahar aholisi va yuridik shaxslari uchun issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlari tariflari 15 foizga oshiriladi.

Bu haqdagi qaror Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi tomonidan ma’qullandi. 

Hujjatga muvofiq, «Veolia Energy Tashkent» firmasi tomonidan ko‘rsatiladigan aholiga issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlarining yangi chakana tarifi 15 foizga oshadi va 105 754 so‘m/Gkal o‘rniga 121 617 so‘mni tashkil etadi.

Yuridik shaxslar uchun tarif ham 15 foizga oshadi — bir Gkal uchun 212 606 so‘mdan 244 497 so‘mgacha. 

Hujjatda yangi tariflarning kuchga kirish sanasi keltirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, aholiga issiqlik ta’minoti va issiq suv xizmatlari uchun tariflar oxirgi marta joriy yilning 2 aprelidan 15 foizga ko‘tarilgan edi. Yuridik shaxslar uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar esa oxirgi marta 2023 yilning dekabrida oshgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring