Toshkentda «kimo‘zar o‘ynagan» avtobus haydovchilari jazoga tortildi

11-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarga Toshkentda ikki avtobusning poyga o‘ynagani videosi tarqaldi.
«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, hodisa 38–sonli hamda 58-sonli yo‘nalishdagi avtobus haydovchisi, Shota Rustaveli ko‘chasida kim o‘zarga xarakatlangan.
Yulovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat qilish boshkarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv natijasida, qoidabuzar haydovchilar aniqlangan.
Ikki haydovchiga nisbatan Toshkent shahar IIBB YHXB inspektori tomonidan Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 128-5 moddasi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Mazkur moddaga asosan, haydovchilarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter