Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda koronavirusga test topshirish markazlari soni oshirildi

Toshkentda koronavirusga test topshirish markazlari soni oshirildi

Koronavirusga test topshirishga navbatlar ko‘payib ketgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

So‘nggi kunlarda koronavirusga test topshirish borasidagi muammolar kun mavzusiga chiqdi. Ayniqsa, poytaxtda na sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarida, na xususiy klinikalarda test topshirish imkoni bo‘lmayotgani haqida shikoyatlar ko‘payib ketdi. 

Toshkent shahri sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori o‘rinbosari Bobur Qurbonovning bugun, 13-iyul kuni AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilishicha, poytaxtda test oluvchi markazlar soni oshirilgan.

«Ilgari Toshkent shahrida 5 ta punktda aholi koronavirusga test topshirish mumkin edi. Endi 6 ta nodavlat tashkilotga test olishga ruxsat berildi. Toshkent shahar sanitariya-osoyishtalik markazlari ham sistemalarini qabul qilish markazlari soni 10 taga yetkazildi», — dedi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring