Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda uchta mashinani daraxt bosib qoldi

Toshkentda uchta mashinani daraxt bosib qoldi

Illyustrativ foto.

12 mart kuni Toshkentning M.Ulug‘bek tumani, Shaxrisabz ko‘chasida joylashgan Le Grande Plaza mexmonxona ro‘parasidagi daraxt avtomashinalar ustiga qulaganligi bo‘yicha Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga zudlik bilan 1 ta qutqaruv ekipaji yetib borgan.

Daraxt qulashi natijasida 3 ta yengil avtomobil shikastlangan bo‘lib, jabrlangan yoki xalok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuchli shamol va yog‘ingarchilik vaqtida avtotransport vositalarini daraxtlar ostida qoldirmaslikni so‘rab qoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring