Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Moskva migratsiya markazi vakolatxonasi ochildi

Toshkentda Moskva migratsiya markazi vakolatxonasi ochildi

Toshkentning Yashnobod tumanidagi «Ishga marhamat» ko‘p tarmoqli markazida Moskva migratsiya markazining vakolatxonasi ochildi. Yangi manzil Rossiyada ishlashni rejalashtirgan o‘zbekistonliklarning hayotini osonlashtirish uchun mo‘ljallangan. 

Vakolatxona Moskva shahridagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot beradi, rossiyalik ish beruvchilar esa O‘zbekistondan malakali mutaxassislar haqida ma’lumot olishlari mumkin bo‘ladi. Talabgorlar uchun Moskva kompaniyalari bilan onlayn suhbatlar tashkil etiladi va ular o‘zlarining hujjatlari Rossiyaga kirish va ishlashga mos keladimi yoki yo‘qligini aniqlashga yordam beradi.

Markaz xodimlari patent yoki ishlash uchun ruxsatnoma, pandemiya sababli joriy talablarni hisobga olgan holda ro‘yxatdan o‘tish va Moskvada qolish qoidalari bo‘yicha barcha kerakli hujjatlarni tayyorlash haqida maslahat beradi. Ular muhojirda COVID-19 testi va boshqa kerakli hujjatlarni tekshiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring