Yo‘llarda nima gap? Pokistondan Toshkentga yetib kelgan bayker bayramda nutq so‘zladi

14-avgust – Pokiston Mustaqillik kuni — Pokiston Milliy bayrami sanaladi. 1947-yilning 14- avgustida Pokiston mustaqil bo‘lgan. 14-avgust kuni Pokiston bo‘ylab, shuningjek xorijdagi elchixonalarda Davlat bayrog‘ini tantanali ko‘tarish bilan bayram tadbirlari boshlanadi.
Asosiy tadbirlar poytaxt Islomobodda bo‘lib o‘tadi. Ananaga ko‘ra prezident va bosh vazir Parlament binosi oldida Milliy bayroqni ko‘tarish tadbirida ishtirok etadi va bayram tabrigi bilan chiqish qiladilar. Ular xukumat qo‘lga kiritgan yutuqlar, kelajakda amalga oshiriladigan vazifalar haqida ma’lumot beradilar.
Bugun Toshkentda ham bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Pokistonning O‘zbekistondagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan tadbirda prezident va bosh vazirning tabrigi o‘qib eshittirildi. So‘zga chiquvchilar reglamentga rioya qilib juda qisqa gapirdilar. Mehmon sifatida Pokiston Milliy Assambleyasi a’zosi, Pokiston-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati raisi Sayed Rafiulla va bayker Muhammad Mukaram ham ishtirok etishdi.
Pokistondan Afg‘oniston orqali O‘zbekistonga yetib kelgan, keyin Tojikistonga yo‘l olishni rejalashtirgan 16 kishidan iborat baykerlar rahbari Muhammad Mukaram Pokiston deganda ko‘pchilik terrorizmni tushunishini, aslida unday emasligi, Pokistonda turizm imkoniyatlari katta ekanini haqida gapirdi. Shuningdek, u Afg‘onistondan bemalol O‘zbekistonga kelishganini, yo‘llar bexatar ekanini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter