Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda PPX mashinasida chaqaloq dunyoga keldi

Toshkentda PPX mashinasida chaqaloq dunyoga keldi

Foto: IIBB

Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 4-son bataloni 4-otryadi xodimlari patrullash davomida Uchtepa tumani Istirohat ko‘chasi va Toshkent xalqa avtomobil yo‘li kesishmasida ikki nafar ayolni ko‘rganlarida soat tungi ikki atrofida bo‘lgan. Ayollardan biri esa xomilador edi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Holatni tushuntirishga hojat yo‘q: yosh ayol zudlik bilan tug‘ruqxonaga yetkazilishi kerak edi. Xodimlar bo‘lajak onani va uning qaynonasini mashinaga o‘tqazib, eng yaqin shifoxona tomon yo‘l olishadi.

3-son Shahar bolalar klinik shifoxonasigacha (oldingi «Ona va bola» markazi) oz masofa qolganda ayolning dardi tutadi.

Shu onda safdor S. Muradov va B. Toshpulatovlar malaka oshirish darslarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘rganganlarini amalda qo‘llaydi. PPX moshinasida chaqaloq dunyoga keladi. Buvi va ona PPX xodimlariga yordam uchun minnatdorchilik bildirishadi.

Yosh ona va go‘dak shikoforlarga topshirilgan. Tibbiyot xodimlarining qayd etishicha, ona va go‘dakning ahvoli qoniqarli bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring