Toshkentda qalbaki dollar sotayotganlar ushlandi
![Toshkentda qalbaki dollar sotayotganlar ushlandi](http://static.xabar.uz/crop/3/4/720_460_95_3424927100.jpg)
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi va IBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.A, I.A. va boshqalar «Yangi Sergeli» ko‘chasidagi savdo majmuasi avtoturargohida 100 AQSh dollarlik kupyuradagi jami 9 000 qalbaki AQSh dollarini fuqaro B.Z ga 5 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlanib, qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter