Toshkentda uyi yerto‘lasida mayning ferma tashkil qilgan shaxs aniqlandi
![Toshkentda uyi yerto‘lasida mayning ferma tashkil qilgan shaxs aniqlandi](http://static.xabar.uz/crop/8/1/720_460_95_811801663.jpg)
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi hamda DXX hamkorligidagi tezkor tadbirda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Xabarda aytilishicha, Chilonzor tumani 19-mavze hududidagi xonadonda yashovchi F.O. o‘z uyining yerto‘lasida 5 dona to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 680,7 mln so‘m zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter