Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda vafot etgan «rossiyalik jurnalist ishi» ortida 4 kishi qamaldi

Toshkentda vafot etgan «rossiyalik jurnalist ishi» ortida 4 kishi qamaldi

26-may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudi 2024 yilning 22 oktyabr kuni Toshkentdagi Karaman Palace Hotel  mehmonxonasida vafot etgan Papernaya va Radchenkolarning zaharlanishi bo‘yicha ishni ko‘rib chiqishni boshlagan edi.

Mazkur sud ishi yakunlanib, jinoiy ish bo‘yicha to‘rt nafar shaxs aybdor deb topilgan va ular 3 yildan 8 yilu 1 oygacha ozodlikdan mahrum qilingan.

«RIA Novosti»ning ma’lum qilishicha, A.X. (mehmonxona egasi) JKning 186-modda 4-qismi «a» bandi va 229-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 8 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Shuningdek, chilangar N.Q., isitish uskunalari sotuvchilari Z.D. va A.Yu. lar JKning 229-moddasi bo‘yicha aybdor deb topilib, har biri 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Sud qaroriga ko‘ra, mahkumlardan Radchenkoning qarindoshlari foydasiga 60,68 million so‘m, Papernayaning qarindoshlari foydasiga esa 67,58 million so‘m  undiriladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabrida Toshkentdagi mehmonxonalarning birida ta’til o‘tkazish uchun kelgan rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya, uning hamrohi Radchenko Maksim hamda 48 yoshli o‘zbekistonlik X.N. noma’lum gazdan zaharlanib vafot etgani xabar qilingan edi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring