Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Yangi avlod» maxsus sanoat zonasi tashkil qilinadi

Toshkentda «Yangi avlod» maxsus sanoat zonasi tashkil qilinadi

Joriy yil 20-martda imzolangan Prezident qarori bilan Toshkent shahri Yangihayot tumanida «Yangi avlod» maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi. Ushbu maxsus sanoat zonasi (MSZ) 30 yil faoliyat ko‘rsatadi.

MSZ faoliyati davomida uning ishtirokchilariga maxsus iqtisodiy zonalari ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi.

MSZni boshqarish uchun mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida «Yangi avlod» boshqaruvchi kompaniyasi tashkil etiladi.

«Yangi avlod» MSZ hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari boshqaruvchi kompaniya tomonidan «Ye-auksion» elektron savdo platformasi orqali ijaraga beriladi.

MSZ hududida 2025-yil yakunigacha 1,5 milliard AQSh dollari miqdorigacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari o‘zlashtirilishi, natijada 2,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi ta’minlanadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring