Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yangi nodavlat universitet ochiladi

Toshkentda yangi nodavlat universitet ochiladi

O‘zbekistonda yana bir yangi universitet — Vazirlar Mahkamasining qarori bilan IT-Park University tashkil etiladi.

Universitet mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi axborot texnologiyalari sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

Universitetda ta’lim faoliyati 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi hamda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Ja’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi.

Shuningdek, o‘qitish axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jaxon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofaviy ta’lim shaklida olib boriladi, shuningdek, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq boshqa ta’lim shakllarida ham amalga oshirilishi mumkin.

Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan universitet tomonidan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring