Toshkentda Yangi yil bayram tadbirlari o‘tkaziladigan hududlar ma’lum qilindi
Asosiy bayram tadbirlari 2025-yil 25-dekabrdan 2026-yil 10-yanvarga qadar har kuni soat 11:00 dan 23:00 ga qadar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi maydonida bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, quyidagi manzillarda ko‘tarinki ruhdagi bayram tadbirlari tashkil etiladi:
Yunusobod tumani:
- Rixsiliy 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi («Yunusobod Gallery» majmuasi) 25-dekabr — 10-yanvar, soat 17:00 — 21:00.
Bektemir tumani:
- «Compass» savdo majmuasi, 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00
- «Coca-Cola Garden» bog‘i, 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00.
Mirobod tumani:
- Taras Shevchenko 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi, 21-dekabr — 4-yanvar, soat 16:00 — 22:00.
Mirzo Ulug‘bek tumani:
- «Central Park», 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00.
- «Yangi O‘zbekiston bog‘i» hududi, 25-dekabr — 10-yanvar, soat 16:00 — 22:00.
Sergeli tumani:
- Sug‘diyona va Jaloyir ko‘chalari bo‘ylab 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi hamda Yangi Sergeli istirohat bog‘i, 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00.
Olmazor tumani:
- «Asia.uz» supermarketi avtoturargohi (sobiq Nukus kinoteatri), 25-dekabr — 10-yanvar, soat 16:00 — 22:00.
Uchtepa tumani:
- Uchtepa tumani hokimligining oldi qismi, 25-dekabr — 5-yanvar, soat 16:00 — 20:00.
Chilonzor tumani:
- «Dream Park» («G‘afur G‘ulom») madaniyat va istirohat bog‘i, 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00.
- «Humo Arena» muz saroyi oldi maydoni, 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 23:00.
- «Magic City» bog‘i, 20-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 23:00.
- Al-Xorazmiy 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi, 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00.
Shayxontohur tumani:
- «Anhor Lokomotiv» bog‘i, 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00.
- «Tashkent City» majmuasi, 21-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 23:00.
Yashnobod tumani:
- «Ashxobod» sayilgohi, 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 20:00.
Yakkasaroy tumani:
- «NEXT» savdo majmuasi, 25-dekabr — 10-yanvar, soat 16:00 — 22:00.
- Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining xorijiy davlatlar urf-odatlari, milliy hamda madaniy an’analari aks ettirilgan pavilonlar hududi, 25–30 dekabr, soat 16:00 — 19:00.
Yangihayot tumani:
- Mehrigiyo 24/7 gastronomik va turizm ko‘chasi, 25-dekabr — 10-yanvar, soat 11:00 — 22:00.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter