Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi 21-sonli «Mehribonlik» uyi tugatildi

Toshkentdagi 21-sonli «Mehribonlik» uyi tugatildi

Toshkent shahar hokimining tegishli qarori bilan Yunusobod tumanida joylashgan 21-sonli «Mehribonlik» uyi faoliyatini 2022yil 20 avgust kunidan tugatildi.

Qarorga muvofiq, mazkur muassasada tarbiyalanuvchilar Chilonzor tumanidagi 22-sonli «Mehribonlik» uyiga o‘tkaziladi.

Shuningdek, tegishli davlat idoralari mas’ullari tarbiyalanuvchilarning shaxsiy yig‘ma jildlari va qat’iy nazoratda turuvchi hujjatlar rasmiy tartibda 22-sonli «Mehribonlik» uyi va Toshkent shahar arxiviga topshirilishini ta’minlaydilar.

Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda Tugatish komissiyasining xulosasiga asosan 21-sonli «Mehribonlik» uyi balansidagi bino va inshootlar, tovar-moddiy boyliklari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda inventarizatsiyadan o‘tkazilishini hamda Toshkent shahridagi «Mehribonlik» uylari va imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlari ehtiyojlaridan kelib chiqib, qayta taqsimlashni, ortib qolgan qismi Xalq ta’limi bosh boshqarmasi balansiga o‘tkazilishini ta’minlaydi.

Mazkur «Mehribonlik» uyi xodimlari bilan esa Mehnat kodeksining tegishli moddalari talablari asosida mehnat shartnomalari bekor qilinadi va ularning bandligini (boshqa ishga joylashtirish) ta’minlash choralari ko‘riladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring