Toshkentdagi «EVOS» kafesida yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa kecha soat 20:32da Shayxontohur tumani kichik xalqa yo‘li ko‘chasi 29-uyda joylashgan «EVOS» umumiy ovqatlanish shoxobchasida sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘indan shoxobchaning 10 kv.m maydoni zarar ko‘rgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi soat 20:32 da yetib borib, 20:46 da to‘liq bartaraf etganlar. Yong‘indan jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘inni taxminiy sababi va zarari aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter