Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi jamoat transportlarida kitob targ‘ibotchilari paydo bo‘ldi (foto)

Toshkentdagi jamoat transportlarida kitob targ‘ibotchilari paydo bo‘ldi (foto)

Foto: «Kitob mening hamrohim» loyihasi

Toshkentdagi avtobuslarda, metroda bir gala yoshlar paydo bo‘ldi — hammasi tinmay kitob o‘qiyapti. Qiziq, kim bo‘ldi ular?

«Xabar.uz» manbasi ma’lum qilishicha, bular «Kitob mening hamrohim» loyihasining targ‘ibotchilari. Ular yo‘lda, metroda, avtobuslarda kitob o‘qish orqali boshqalarni ham mutolaaga qiziqtirishmoqchi.

Loyiha tashabbuskorlari — O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi ta’sischiligidagi Yoshlar turizm agentligi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 3-bosqich talabasi Nodir Ashirov.

Nimayam derdik, tashabbusni qo‘llaymiz. Kitobni o‘qi degandan ko‘ra, balki o‘zimiz o‘qib ibrat ko‘rsatganimiz yaxshidir. Zora, kitob chindan ham hamrohimizga aylansa.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring