Poytaxtdagi Jomiy bozorida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 22-iyul kuni Toshkentdagi Jomiy bozorida yong‘in sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, yong‘in mahalliy vaqt bilan 15:34da boshlangan. Hodisa joyiga 6 ta yong‘in-qutqaruv guruhi jo‘natilgan. Soat 16:14 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan, deyarli 200 kv.metr hudud yongani aytilmoqda.
Ekspertlar hodisa sababini tekshirmoqda.
Yong‘in bartaraf etilishi sabab atrofdagi 2 ming kv.metr hududga ega do‘konlar saqlab qolingani ma’lum qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter