Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi. 30 nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi

Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi. 30 nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi

Foto: FVV

Joriy yilning 3-iyun kuni soat 01.08da Toshkent shahar FVB navbatchilik qismiga Yashnobod tumani «Tong» mahallasi, Tuzel 2-dahasi 22A-uyda (12 qavatli uyning 8-qavatida) yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Voqea joyiga yong‘in o‘chirish ekipajlari soat 01.15 atrofida yetib borib, soat 01-43 da yong‘in o‘chirilgan.

Foto: FVV

Yong‘in-qutqaruvchilar tomonidan yonayotgan xonadondan ikki nafar, qo‘shni xonadondan bir nafar fuqaro qutqarilgan, shuningdek, yong‘inning binodagi boshqa xonadonlarga o‘tib ketishi hamda undan ajralib chiqayotgan zaharli tutundan yuqori qavatlarda yashovchi aholi zaharlanishining oldini olish maqsadida, uydan 30 dan ortiq fuqaro xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring