Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 9-avgust kuni soat 18:17 da Toshkent shahri Chilonzor tumani «Guliston» dahasida joylashgan 55-sonli 9-qavatli uyning 3-qavatida yong‘in sodir bo‘ldi.
Voqea joyiga zudlik bilan FVVning yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelishgan va yong‘in 15 daqiqadan kamroq vaqt ichida bartaraf etilgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in qo‘shni xonadonlarga tarqalib ketishi oldi olingan.
Yong‘in natijasida xonadonning 20 kv.metr maydoni zararlangan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va xalok bo‘lganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter