Toshkentdagi oshxonalarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 28-sentyabr kuni soat 10:07 da Toshkent shahar Yashnobod tumani «M.Ashrafiy» ko‘chasida joylashgan oshxonalarning birida yong‘in sodir bo‘ldi.
FVVga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:12 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:29 da qurshab olingan va soat 10:41 da bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida oshxonaning taxminan 100 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmadi.
Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas