Toshkentda qurilishi tugallanmagan jome’ masjidida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Bugun, 8-fevral kuni soat 18:39 da Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan qurilishi tugallanmagan «Siroj-Solih» jome’ masjidida yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in natijasida masjid ichki va shift qismining 60 kv.m maydoni yongan.
Yong‘in-qutqaruv jangovor bo‘linmalari manzilga soat 18:46da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 19:39da bartaraf etilgan hamda masjidning 150 kv.m maydoni saqlab qolingan.
«Yong‘in natijasida halok bo‘lgan va jabrlaganlar yo‘q. Yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», deyiladi Toshkent shahar FVB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter