Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi yopiladi

Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi yopiladi

Foto: Toshkent shahar hokimligi.

Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasining bir qismi yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi

Shota Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida Cho‘ponota va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasidan ("Birodarlik qabrlari" yodgorligi) to Shota Rustaveli ko‘chasining Mirobod ko‘chasi bilan kesishmasigacha ("Grand Mir" mehmonxonasi aylanasi) avtotransport vositalari harakati cheklanadi. 

Cheklov 2025-yil 24-avgustdan 31-avgustgacha amal qiladi. 

"Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni tavsiya etamiz", deyiladi hokimlik xabarida. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring