Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi «Yangiobod» bozorida yirik yong‘in yuz berdi

Toshkentdagi «Yangiobod» bozorida yirik yong‘in yuz berdi

Foto: FVV matbuot xizmati.

Bugun, soat 07:48 da Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan «Yangiobod» bozori hududida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yong‘in bartaraf etilgan.

Natijada bozor hududida joylashgan oshxona, somsaxona va rastalarining taxminan 120 kv.m. maydonda tomi, shifti va jihozlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring