Toshkentdagi YTH bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Yakkasaroy tumanida YUTONG rusumli elektro avtobus bilan sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha ma’lumot berildi.
Joriy yilning 20 fevral kuni soat 09:30 larda Yakkasaroy tumani KXAY ko‘chasi «NEWPORT» sotuv ofisi qarshisida 1997 yilda tug‘ilgan D.S. boshqaruvida bo‘lgan YUTONG rusumli elektro avtobusini boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagiga chiqib ketib, o‘sha yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan 1980 yilda tug‘ilgan X.M boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtoulovi bilan to‘qnashib, so‘ngra D.S. boshqaruvida bo‘lgan YUTONG rusumli elektro avtobusi 1986 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvida bo‘lgan YUTONG rusumli elektro avtobusi bilan to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Yo‘l transport hodisasi natijasida D.S. boshqaruvida bo‘lgan YUTONG rusumli elektro avtobusinig 2004 yilda tug‘ilgan yo‘lovchisi tan jarohat olib shifoxonaga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter