Toshkentdan Andijon va Termizga tezyurar poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin
O‘zbekistonda Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar harakatini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Bu masala Koreya Respublikasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ bosh muhandisi Sharofiddin Qodirov, Transport vazirligi vakili Anvar Dushayev hamda Hyundai Rotem kompaniyasi prezidenti Li Yon Be o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilindi.
Tomonlar «O‘zbekiston temir yo‘llari» uchun ishlab chiqarilayotgan «Jaloliddin Manguberdi» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdini belgilangan muddatlarda yetkazib berish loyihasining borishini ko‘rib chiqdi.
Shuningdek, Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida qatnovni yo‘lga qo‘yish maqsadida 8 ta zamonaviy yuqori tezlikdagi elektropoyezdni xarid qilish loyihasi bo‘yicha texnik shartlarni kelishish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar temir yo‘l sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter