Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan Bo‘stonliqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkentdan Bo‘stonliqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Foto: Transport vazirligi

Toshkent shahri «Mashinasozlar metro bekati»  – Bo‘stonliq «Yusufxona qo‘rg‘oni»  yo‘nalishida yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Bu haqda Transport vazirligi xabar bergan. 

Harakatlanish jadvaliga muvofiq bir kunda 18 ta qatnov amalga oshiriladi. Har kuni soat 6.00 da ilk avtobus «Mashinasozlar metro bekati» dan yo‘nalishga chiqadi. Kun davomidagi oxirgi avtobus «Yusufxona qo‘rg‘oni» dan soat 20.55 da Toshkent shahri tomon yo‘lga chiqadi.

Yo‘lkira haqi o‘n ming so‘m etib belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring