Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan Dubayga uchgan samolyot bortida avariyaviy holat sodir bo‘ldi

Toshkentdan Dubayga uchgan samolyot bortida avariyaviy holat sodir bo‘ldi

Fly Dubai aviakompaniyasining Toshkentdan Dubayga uchayotgan samolyoti bortida avariyaviy holat yuzaga keldi. Bu haqda «Novosti Tashkentskogo neba» Telegram-kanali xabar qildi.

Qayd etilishicha, FZ-1942 yo‘lovchi reysini amalga oshirayotgan Boeing 737-8KN samolyoti Eron hududidan uchib o‘tayotganida operator «squawk 7700» signalini bergan. Bu bortda avariyaviy holat yuzaga kelganini anglatadi.

Ekipaj belgilangan manzilga yaqin bo‘lgan Eronning Sheroz shahridagi aeroportga qo‘nishga qaror qilgan va samolyot soat 7:36 da muvafaqqiyatli qo‘ndirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring