Toshkentdan Issiqko‘lga avtobus qatnovlari boshlandi

Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi.
Bu haqda transport vazirligi xabar berdi.
Joriy yilning 11-iyun sanasidan boshlab, "Uzautotrans Service" MChJ tomonidan Toshkent – Cho‘lpon-ota (Issiq-ko‘l) yo‘nalishida mavsumiy avtobus qatnovi boshlanadi.
Qatnovlar har kuni Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Avtobus soat 15:00 da Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi.
Chipta narxi 300 000 so‘m etib belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter