Toshkentdan viloyatlarga qatnovchi barcha avtobuslar harakati to‘xtatildi. Bu haqda Toshkent avtovokzali rasmiy kanalida xabar
qilingan.
«Hurmatli yo‘lovchilar!
Noqulay ob-havo sharoiti sababli 19-noyabr sanasidagi barcha reyslar bekor qilinganligini ma’lum qilamiz»- deyiladi xabarda.
Avvalroq, «Toshshahartransxizmat» AJ shahar ichida avtobuslar soni ko‘paytirilgani bo‘yicha xabar
bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter