Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentliklar uchun 12-noyabrdan boshlab issiq suv tariflari oshirilyapti

Toshkentliklar uchun 12-noyabrdan boshlab issiq suv tariflari oshirilyapti

Toshkent shahri hokimining 2025-yil 27-oktyabrdagi qarori bilan Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan ko‘rsatiladigan markazlashgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun yangi tariflar tasdiqlandi.

Hujjatga ko‘ra, 2025-yil 12-noyabrdan boshlab quyidagi tariflar (QQSsiz) belgilandi:

  • Bazaviy tarif — 711 641 so‘m/Gkal
  • Aholi uchun — 139 860 so‘m/Gkal
  • Budjet tashkilotlari uchun — 952 797 so‘m/Gkal
  • Yuridik shaxslar uchun — 342 296 so‘m/Gkal

Poytaxtliklarga issiq suv yetkazib beruvchi kompaniyaning ta’kidlashicha, davlat tomonidan joriy etilgan subsidiyalash mexanizmi tufayli poytaxt aholisi issiqlik energiyasining to‘liq qiymatini to‘lamaydi. Xarajatlarning taxminan 80 foizi mahalliy budjet hisobidan qoplanadi.

Kompaniya, shuningdek, mablag‘lar faqatgina issiqlik va issiq suv bilan ta’minlash, shuningdek, poytaxt issiqlik ta’minoti infratuzilmasini ta’mirlash va yangilash ishlariga yo‘naltirilishini ta’kidlamoqda.

Jumladan, shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlar natijasida issiqlik yo‘qotishlari 44 foizdan 33,4 foizgacha kamaygan, natijada isitish tizimi barqarorroq va samaraliroq bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring