Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning bugun elektr o‘chiriladigan hududi aytildi

Toshkentning bugun elektr o‘chiriladigan hududi aytildi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahrining ayrim hududlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 31 avgust kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

Mirobod tumani: «Abdulla Avloniy» MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring