Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toyota Yaponiyada aqlli shahar qurishni boshladi

Toyota Yaponiyada aqlli shahar qurishni boshladi

Foto: «Independent»

Toyota kompaniyasi Yaponiyada aqlli shahar barpo etishga kirishdi. U shahar muhitiga kiritilishi mumkin bo‘lgan sun’iy intellekt va robototexnika sohasidagi ilg‘or texnologiyalarning sinov maydoniga aylanadi, deb yozadi «Independent».

Woven City (to‘qilgan shahar) deb nomlangan kelajak shahri Tokiodan 100 kilometr uzoqlikda Fuji tog‘ining etagidan joy oladi. «Jonli laboratoriya» maydoni 71 gektarni tashkil etadi.

Woven Cityda uch turdagi yo‘l bo‘ladi. Birinchisi piyodalar harakati, ikkinchisi elektr samokatlari bo‘lgan piyodalar, uchinchisi avtoulovlar uchun. Avtotransport vositalarining asosiy qismini Toyota kompaniyasining universal elektr transport vositalari hisoblangan e-Palette tashkil etadi.

Dastlabki bosqichda shaharda turli yoshdagi 360 kishi, shuningdek, olimlar va kompaniyaning ikki mingga yaqin xodimi oilalari bilan istiqomat qiladi.

Toyota prezidenti Akio Toyoda seshanba kuni «To‘qilgan shahar» (Toyota) joylashgan joyda poydevor qo‘yish marosimida qatnashmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring