Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Traktorda yashirilgan qurol fuqaroga qimmatga tushdi

Traktorda yashirilgan qurol fuqaroga qimmatga tushdi

Qorako‘l tumani «Qorahoji» mahallasida yashovchi B. Davronov o‘ziga tegishli bo‘lgan «TTZ 100» traktori kabinasida ov qurolini saqlab kelgan.

Buxoro viloyat IIB Ekspert-kriminalistika bo‘limining sudga oid ballistik ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, ushbu qurol «jangovar o‘q otar qurollar turkumiga kiruvchi, 16 kalibrli ov quroli patronlari bilan otish uchun yaroqli bo‘lgan» 1960- yilda «Ijevsk mexanika» qurol zavodida ishlab chiqarilgan, 16 kalibrli, bir silliq milli, «IjK» modelli, A-20719-raqamli o‘qotar ov quroli ekani qayd etilgan.

Qonunga xilof ravishda tegishli ruxsatnomasiz saqlab va undan foydalanib kelgan traktorchining xatti-harakatlari Qorako‘l tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan. O‘qotar ov quroli tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Sudda so‘roq qilingan sudlanuvchi ushbu qurolni otasidan qolgan eski molxona binolarini yiqitganida, molxona devori ostidan qopga o‘ralgan holda topib olganini aytgan. Keyin ov qurolini oila-a’zolari ko‘rib qolmasligi uchun o‘zining traktori kabinasida yashirib kelayotganini va bu haqda ichki ishlar organlariga bildirmay kelayotganini tan olgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudi raisi Boborahim Ochilovning «Xabar.uz»ga bildirishicha, Boboyor Davronovga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan 2 yilu 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Ilgariroq, aynan qorako‘llik traktorchi fermerni otib qo‘ygan edi. 

 

 

 

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring