Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Baydenni AQShning global ta’sirini kamaytirishda aybladi

Tramp Baydenni AQShning global ta’sirini kamaytirishda aybladi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp, Jo Bayden hokimiyat tepasiga kelganidan beri Amerika hech qachon bo‘lmagan eng past darajaga tushib qolganini ta’kidladi.

«Bizni endi hurmat qilishmaydi», degan siyosatchi Britaniyaning GB News telekanali efiriga bergan intervyusiga asoslanib Mir24 ma’lum qilmoqda.

Qo‘shma Shtatlarning dunyodagi o‘rni haqida so‘ralganda, Tramp Amerika butun tarixidagi eng past nuqtada, deb javob berdi.

U prezidentlikdan ketganidan so‘ng Vashington ta’sirining zaiflashishi fonida butun dunyoda xalqaro vaziyat keskinlashgan. Siyosatchining ta’kidlashicha, endilikda Qo‘shma Shtatlar Saudiya Arabistoni, Rossiya va OPEKdan neft so‘rashga majbur.

«Avvallari Tayvan uzra samolyotlarimiz uchmagan, hatto men prezident bo‘lganimda ham bu nom tilga olinmagan. Bizda Rossiya bilan hech qanday muammo bo‘lmagan, Shimoliy Koreya va Kim Chen In haqida ham tilga olinmagan, men ular bilan juda yaxshi munosabatda edim», — deya ta’kidlagan Tramp.

U, shuningdek, izdoshining yashil energiya siyosatini tanqid qilgan. Uning fikricha, AQSh dushmanlari Amerika neft va gaz resurslaridan foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda, bu esa biznesni noqulay ahvolga solib qo‘ymoqda.

Avvalroq, Donald Tramp mamlakat taqdiri haqidagi pessimistik prognozini ma’lum qilgani haqida xabar bergandik. Newsmax nashriga bergan intervyusida u 2024 yilga kelib, AQSh o‘z faoliyatini to‘xtatishi mumkinligini ta’kidlagan. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring