Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp davrida AQShda 100 mingdan ortiq noqonuniy muhojir hibsga olindi

Tramp davrida AQShda 100 mingdan ortiq noqonuniy muhojir hibsga olindi

AQSh hukumati Donald Tramp ma’muriyatining dastlabki olti oyi davomida AQShda 100 mingdan ortiq noqonuniy muhojirni hibsga oldi. Bu haqda Oq uy ma’lum qildi.

«Prezident Trampning ko‘rsatmasi bilan Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) 100 mingdan ortiq noqonuniy chet elliklarni hibsga oldi», – deyiladi ma’muriyat bayonotida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu davrda 500 mingdan ortiq xorijlik uchun vaqtinchalik bo‘lish ruxsatnomalari bekor qilingan.

AQSh hukumati noqonuniy muhojirlar oqimini sezilarli darajada kamaytirishga va ularni ekstraditsiya to‘g‘risidagi sud qarori chiqarilgunga qadar AQShdan chiqarib yuborishga erishdi.

Iyun oyida chegarani noqonuniy kesib o‘tgan birorta ham shaxs qo‘yib yuborilmagan, bir yil avval esa bu ko‘rsatkich 27,7 ming kishini tashkil qilgan edi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring