Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp G20 sammitiga qatnashish o‘rniga golf o‘ynagani ketgan – OAV

Tramp G20 sammitiga qatnashish o‘rniga golf o‘ynagani ketgan – OAV

AQSh prezidenti Donald Tramp 21-noyabr kuni G20 sammiti doirasida o‘tkazilgan «Pandemiyaga tayyorlik» nomli onlayn konferensiya paytida o‘zining golf klublaridan biriga borgan. Bu haqda «The Guardian» gazetasi va CNN telekanali kabilar xabar bermoqda.

«The Guardian nashrining yozishicha, Tramp G20 konferensiyasi boshlanishi kerak bo‘lgan vaqtda (Vashington vaqti bilan soat 8) Tvitterda post yozib unga qiziqish yo‘qligini ma’lum qilgan. Ertalab soat 10 da esa AQSh davlat rahbari Oq Uydan chiqib, golf klubiga borgan, deb ta’kidlamoqda CNN.

Eslatib o‘tamiz, sammitda bir qator yetakchi davlat rahbarlari, jumladan Merkel, Putin, Makron kabilar ham qatnashgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring