Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Putin va Zelenskiy qanday holatda uchrashishini aytdi

Tramp Putin va Zelenskiy qanday holatda uchrashishini aytdi

Oq uy rahbari Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan birgalikda muzokaralar stoliga o‘tirishga to‘g‘ri kelishini aytdi. Chunki ular “bir-birini juda yomon ko‘radi”, deydi AQSh rahbari.

Bu haqda Bloomberg telekanali xabar berdi

"Bilasizmi, bu ikki odam — Putin va Zelenskiy bir-biridan nafratlanadi. Aftidan, biz ular bilan muzokara stoliga o‘tirishga majbur bo‘lamiz", - dedi Amerika yetakchisi Rossiya va Ukraina rahbarlarining uchrashuvi sharti sifatida. 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, bunday uchrashuv Ukraina inqirozini hal qilishda “katta natijalar berishi mumkin”. 

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi mumkin bo‘lgan muzokaralar dastlabki tayyorgarliksiz foydasiz bo‘lishini ta’kidlagan edi. Uning ta’kidlashicha, Moskva sammitga puxta tayyorgarlik ko‘rishni talab qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring