Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Rossiyaga 10 kun muhlat berdi — sanoq boshlandi

Tramp Rossiyaga 10 kun muhlat berdi — sanoq boshlandi

Foto: Reuters

Qo‘shma Shtatlarning Rossiyaga Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha ultimatumi muhlati 10 kundan so‘ng tugaydi, sanoq bugundan boshlandi, deya jurnalistlarga bayonot berdi AQSh prezidenti Donald Tramp. Oq uy brifing audiotranslyasiyasini o‘z YouTube-kanalida uzatdi.

«Bugundan boshlab o‘n kun. <...> Biz bojlar kiritamiz. Mumkin bo‘lgan barcha choralarni qo‘llaymiz. Balki buning ta’siri bo‘lar, balki yo‘q», — dedi Tramp.

28-iyul kuni Donald Tramp o‘z bayonotida Ukrainadagi urushni jilovlash borasida hech qanday siljishni ko‘rmayotganini aytgandi. Shu bois u Rossiya uchun janglarni to‘xtatishga belgilangan 50 kunlik muddatni 10-12 kungacha qisqartirishga qaror qilganini aytgandi.

Trampning ultimatumiga ko‘ra, bu vaqt ichida yarashuvga erishilmasa, AQSh Rossiyaga va u bilan hamkorlik qilayotgan mamlakatlarga 100 foizlik bojlarni qo‘llaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring