Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etish variantini ko‘rib chiqyapti – WSJ

AQSh prezidenti Donald Tramp shu haftaning boshida, ya’ni 1-iyungacha Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etish variantini ko‘rib chiqmoqda.
The Wall Street Journal nashri manbalariga ko‘ra, Tramp tinchlik muzokaralarining sur’ati sekinlashgani va Vladimir Putinning urush olib borishda davom etayotganidan borgan sari norozi bo‘lmoqda.
WSJ manbalaridan birining ta’kidlashicha, sanksiyalar katta ehtimol bilan bank sektoriga nisbatan cheklovlarni o‘z ichiga olmaydi. biroq Putinga muzokaralarda yon berish, jumladan, 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lish uchun «bosim qilishning boshqa variantlari» ko‘rib chiqilyapti.
Shu bilan birga, Tramp tinchlik muzokaralaridan charchaganini va agar so‘nggi harakatlar natija bermasa, uni tark etish haqida o‘ylayotganini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter