Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Rossiya–Ukraina urushi borasida «taqdirga tan berdi»

Tramp Rossiya–Ukraina urushi borasida «taqdirga tan berdi»

Foto: XinHua

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni to‘xtatish muzokaralari kutilganidan ham murakkab kechayotganini ma’lum qildi.

BBC News yozganiga ko‘ra, Tramp bu haqda Kanada bosh vaziri Mark Karni bilan uchrashuvda so‘z ochgan. Uning aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar «kutilaganidan ancha qiyin» bo‘lgan.

«Bu – aql bovar qilmas darajada qiyin jarayon. Men buni eng oson yechimlardan biri bo‘ladi deb o‘ylagandim», – dedi Tramp.

Shu bilan birga, u G‘azo bo‘yicha tinchlik kelishuviga «juda yaqin» qolganini ta’kidlagan. 29 sentyabr kuni Tramp Isroil va HAMAS o‘rtasidagi mojaroga oid o‘zining tinchlik rejasini taqdim etgan edi.

Rossiya–Ukraina urushiga nuqta qo‘yish esa Trampning saylovoldi dasturidagi asosiy va’dalardan biri edi. Rossiya va AQSh delegatsiyalari bir necha marta muzokaralar o‘tkazgan, prezidentlar shaxsan Alyaskada uchrashgan. Biroq, hatto vaqtinchalik otashkesim to‘g‘risida ham kelishuvga erishilmagan.

Manba: hxhrkwtayhhvzavy.30dvtsgew7hf.xyz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring