Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp va Putin uchrashuvi 15-avgust kuni Alyaskada bo‘lib o‘tadi

Tramp va Putin uchrashuvi 15-avgust kuni Alyaskada bo‘lib o‘tadi

Trampning Putin bilan uchrashuvi 15 avgust kuni Alyaskada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qildi.

«Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uzoq kutilgan uchrashuvim kelasi juma, 15 avgust kuni buyuk Alyaska shtatida bo‘lib o‘tadi. Tafsilotlar keyinroq. E’tiboringiz uchun rahmat!» – deb yozdi Donald Tramp.

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, ikki davlat rahbarlari sammiti aynan Alyaskada o‘tkazilishi mantiqan to‘g‘ri, chunki Rossiya va AQSh qo‘shni va chegaradosh davlatlar.

Uchrashuvda Ukraina inqirozini uzoq muddatli tinch yo‘l bilan hal etish, shuningdek Alyaska va Arktikadagi o‘zaro iqtisodiy loyihalar muhokama qilinadi.

Keyinchalik Trampning Rossiyaga tashrifi ham istisno qilinmaydi. Taklif allaqachon yuborilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring