Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp vaqt o‘zgarishiga qarshi

Tramp vaqt o‘zgarishiga qarshi

Foto: Ocean Ng / Unsplash

AQSh prezidenti Donald Tramp soat millarini mavsumiy ko‘chirish amaliyotidan voz kechish va yil davomida yozgi vaqtni saqlab qolishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, soat millarini bir yilda ikki marta o‘zgartirish ko‘p noqulayliklar tug‘dirmoqda va kundalik hayotga xalaqit bermoqda.

Soatlarning ko‘chirilishi sababli odamlar uchrashuvlar va boshqa tadbirlarga kechikishmoqda, dedi Tramp. U bu amaliyotni «bema’nilik» deb atadi.

Uning fikricha, doimiy yozgi vaqt odamlarga kechqurun kunduzgi yorug‘likdan uzoqroq foydalanish imkonini beradi. Qolaversa, yozgi vaqt sport bilan shug‘ullanish uchun ko‘proq vaqt ajratishga xizmat qilib, jinoyatchilikning kamayishiga yordam beradi.

AQSh Vakillar palatasi ushbu tashabbusni ma’qullagan, biroq Senatda uning ko‘rib chiqilishi to‘xtab qolgan.

Ayni paytda AQShning aksariyat shtatlari yiliga ikki marta soat millarini ko‘chiradi. Gavayi, Arizonaning katta qismi va Amerikaning ayrim hududlari esa yil davomida standart (qishki) vaqt bo‘yicha yashaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring