Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp vaksinasiz ham koronavirusni yengish mumkinligini aytdi

Tramp vaksinasiz ham koronavirusni yengish mumkinligini aytdi

Foto: «Pixabay»

Prezident Donald Trampning fikricha, AQSh vaksina bor-yo‘qligidan qat’i nazar koronavirus pandemiyasidan qutuladi. Bu haqda u Shimoliy Karolinada o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozmoqda «Kommersant».

OAVda paydo bo‘lgan ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp prezidentlik sayloviga qadar (3-noyabr) vaksinani tasdiqlamoqchi.

«Virusdan ko‘pchilik o‘ylaganidan ko‘ra ancha tez qutulamiz. Vaksina bo‘ladimi-yo‘qmi ahamiyatsiz. Bu albatta amalga oshadi», — dedi Tramp.

Prezident AQShda vaksina ustidagi sinovlarning so‘nggi bosqichi ketayotganini ham eslatib o‘tgan. Aytishicha, bu vaksina yil oxirigacha yoki avvalroq ham tayyor bo‘lishi mumkin.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh koronavirusdan eng zararlangan mamlakat: yuqtirishlar soni (5,7 mln.) bo‘yicha ham, qurbonlar soni (177 ming) bo‘yicha ham dunyoda birinchi o‘rinda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring