Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampdan keyin kim prezident bo‘ladi?

Trampdan keyin kim prezident bo‘ladi?

Foto: Reuters

AQSh prezidentligi uchun keyingi saylovda Ryespublikachilar partiyasidan visye-prezident Jey Di Vens kurashishi mumkin. AQSh davlat kotibi Marko Rubio Fox News telekanaliga bergan intervyusida bu haqda ma’lum qildi.

Jurnalist undan «Agar Donald Tramp sizdan so‘rasa, 2028-yilda prezidentlik uchun kurashishga tayyormisiz», deb so‘radi. Rubio unga javoban bo‘lg‘usi nomzod sifatida Jey Di Vensni ko‘rayotganini aytdi.

«Menimcha, agar o‘zi shunday qarorga kelsa, respublikachilarning navbatdagi nomzodi visye-prezident Vens bo‘ladi», dedi Rubio.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ehtimoliy vorislari qatorida Marko Rubioni ham eslab o‘tgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring